Sport

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

 

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanov va belgiyalik yarim himoyachi Jeremi Doku "Manchester Siti" bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomalar imzolash arafasida.

 

Bu haqda The Athletic nashri jurnalisti Sem Li ma’lum qildi.

 

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi bilan amaldagi kelishuvlar uzaytiriladi. Xusanovning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha, Dokuniki esa 2028-yil iyunigacha amal qiladi.

 

22 yoshli Abduqodir Xusanov 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning "Lans" klubidan "Manchester Siti" safiga qo‘shilgan. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylangan hamda klub bilan Angliya Kubogi va Liga kubogida g‘olib chiqdi.

 

Jeremi Doku esa 2025/26-yilgi mavsumda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

 

Avvalroq "Manchester Siti" yarim himoyachi Fil Foden bilan ham yangi shartnoma imzolagani ma’lum qilingan edi. Klub yaqin kunlarda himoyachi Yoshko Gvardiol bilan ham yangi kelishuvni rasmiylashtirishi kutilmoqda.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"