Siyosat

Turkman xalqining milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon muloqotida O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligi, savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Turkman xalqining milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi



Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.



Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi. Shuningdek, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.



Turkman xalqining milliy yetakchisi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy taraqqiyotda muhim yutuqlarga erishayotganini alohida ta’kidladi.



Muloqot davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.



Tomonlar o‘zaro savdo hajmi va yuk tashish ko‘rsatkichlari izchil ortib borayotganini, “Shovot–Toshhovuz” savdo zonasi faoliyati hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdilar. Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi hamda transport sohalaridagi qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.



Shuningdek, parlamentlararo, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, joriy yil kuzda Avaza shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan ham fikr almashildi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"