Siyosat

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo'lladi

Rossiya Prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo'lladi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

 

Tabrikda Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda salmoqli natijalarga erishgani, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi sezilarli darajada oshganini alohida ta’kidladi.

 

Rossiya Prezidenti, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Rossiya–O‘zbekiston keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

 

Vladimir Putin tabrik yo‘llovida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yuksak qadrlashini bildirib, ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan konstruktiv muloqot hamda yaqin hamkorlikni davom ettirishdan mamnun bo‘lishini qayd etdi.

 

So‘ngida Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va yangi yutuqlar tiladi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"