Jahon

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohildagi ikki masjidga o‘t qo‘ydi

Hodisa ikki kun avval yuz bergan qonli to‘qnashuv ortidan sodir bo‘ldi.

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohildagi ikki masjidga o‘t qo‘ydi

Falastin rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni tongda isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohildagi Qusra va Kur qishloqlarida joylashgan masjidlarga hujum uyushtirgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Nablus janubi-sharqidagi Qusra qishlog‘ida yaqinda qurib bitkazilgan masjid yoqib yuborilgan. Hujumchilar bino devorlariga ibroniy tilida "Yahudiylarning qasosi" degan yozuv hamda Tal qishlog‘i yaqinidagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan isroilliklardan birining ismini yozib qoldirgan.

 

Shuningdek, Tulkarm janubi-sharqidagi Kur qishlog‘ida ham masjidga o‘t qo‘yishga urinish bo‘lgan. Mahalliy kengash vakili Farid Jiyusi ibodat qilayotgan fuqarolar yong‘inni masjidning asosiy qismiga tarqalishidan oldin o‘chirganini ma’lum qilgan.

 

Mazkur hujumlar 25-iyul kuni Nablus yaqinidagi Tal qishlog‘ida yuz bergan qurolli to‘qnashuv ortidan sodir bo‘ldi. O‘shanda isroillik ko‘chmanchilar bostirib kirgan hududda yuz bergan otishmada to‘rt nafar falastinlik va ikki nafar Isroil askari halok bo‘lgan edi.

 

Isroil armiyasi Qusra qishlog‘ida o‘t qo‘yish va grafitilar yozilgani tasdiqlanganini, gumonlanuvchilarni qidirish ishlari olib borilayotganini bildirdi. Harbiylar diniy maskanlarga qilingan hujumlarni qoralab, voqea yuzasidan dalillar to‘planayotganini ma’lum qilgan.

 

BMT va Falastin ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktabr oyida G‘azodagi urush boshlanganidan buyon G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilarning falastinliklarga hujumlari keskin ko‘paygan. Joriy yilning o‘zida bunday to‘qnashuvlarda o‘nlab falastinlik halok bo‘lgan, yuzlab kishi jarohatlangan.

 

Juma kungi hodisadan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hududga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborishni buyurdi hamda xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida yangi yahudiy posyolkalarini qurishga ruxsat berilishini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.