O'zbekiston

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilarini transportda tashish qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat 21-iyul kuni Qiziltepa tumanidagi Vang‘ozi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan aniqlangan.

 

Tekshiruv davomida Damas avtomobilining old o‘rindig‘ida uch nafar bola o‘tirgani ma’lum bo‘lgan. Transport vositasi to‘xtatilgach, unda haydovchidan tashqari 17 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi va bir nafar bog‘cha xodimasi borligi aniqlangan. Shu tariqa avtomobilda jami 18 nafar yo‘lovchi tashilgan.

 

Qayd etilishicha, haydovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, voqea joyidan ketishga uringan. Shundan so‘ng avtomobildagi bolalar tushirib olingan. Haydovchining baland ovozda bahslashgani oqibatida ayrim bolalar qo‘rqib yig‘lab yuborgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy chora qo‘llanilgan. Haydovchi o‘z izohida bog‘cha bolalarini tashishda yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganini hamda bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganini tan olgan.

 

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"