Siyosat

Prezident yangi tayinlangan xorijiy elchilarni qabul qildi

Marosimda Italiya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Jazoir, Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonning yangi elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi.

Prezident yangi tayinlangan xorijiy elchilarni qabul qildi

 

28-iyul kuni o‘tkazilgan tantanali marosimda davlat rahbari Italiya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Jazoir, Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonning favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

 

Prezident yangi tayinlangan diplomatlarni Yangi O‘zbekistondagi mas’uliyatli faoliyati boshlangani bilan tabriklab, bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda diplomatik muloqot va hamkorlikning ahamiyati yanada ortib borayotganini ta’kidladi.

 

Uchrashuv davomida har bir davlat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari Italiya bilan “yashil” energetika, metallurgiya, kimyo, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni, Falastin bilan esa azaliy do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

 

Saudiya Arabistoni bilan 25 milliard dollarlik investitsiya loyihalari portfeli shakllangani, Kuvayt bilan infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim yo‘nalishlarida, Jazoir bilan energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Malayziya bilan yarimo‘tkazgichlar, islom moliyasi va ziyorat turizmi, Pokiston bilan Transafg‘on transport yo‘lagi, sanoat kooperatsiyasi hamda energetika yo‘nalishlaridagi loyihalar, Ozarbayjon bilan investitsiya portfelini 10 milliard dollarga yetkazish, Qozog‘iston bilan esa o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Marosim yakunida Prezident yangi tayinlangan elchilarga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, O‘zbekiston hududlari va xususiy sektori bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi. Elchilar esa o‘z navbatida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish yo‘lida bor imkoniyatlarini safarbar etishlarini bildirdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

custom img

O‘zbekiston va Pokiston bir qator sohalardagi loyihalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"