Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari” xalqaro musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Mazkur xalqaro musobaqa an’anaviy sport turlari hamda ularning raqamli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan yirik sport tadbiri hisoblanadi.
“Kelajak o‘yinlari” 29-iyuldan 9-avgustga qadar davom etadi. Unda 50 dan ortiq mamlakat sportchilari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.








