O'zbekiston

“Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari yangi operator orqali tiklanadi — Markaziy bank

Markaziy bank yangi operator orqali xizmatlar kelasi haftadan qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

“Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari yangi operator orqali tiklanadi — Markaziy bank

Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va nazorat departamenti direktori Otabek Tojiddinovning 29-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tijorat banklari “Zolotaya Korona” rahbariyati bilan hamkorlikda operatsiyalarni YI sanksiyalariga tushmagan boshqa bank orqali amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

 

Uning aytishicha, yangi texnik operator orqali xizmatlarni kelasi haftadan boshlab tiklash rejalashtirilgan. Tojiddinov sanksiyalar “Zolotaya Korona” tizimining o‘ziga emas, balki operatsiyalar amalga oshirilgan bankka nisbatan joriy etilganini ta’kidladi.

 

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 9,3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga ko‘p. Shundan 2,4 milliard dollari yoki qariyb 26 foizi “Zolotaya Korona” tizimi orqali amalga oshirilgan.

 

Tojiddinovning qayd etishicha, mazkur xizmatdan nafaqat Rossiyada, balki Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa mamlakatlarda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham foydalanadi. Uning fikricha, yuzaga kelgan vaziyatning mamlakatga bevosita ta’siri sezilarli emas va operatsiyalarni imkon qadar tezroq tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Shuningdek, Markaziy bank vakili sanksiyalar pul-kredit siyosatiga ta’sir qilmaganini bildirib, ushbu omil asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qilishda hisobga olinmaganini aytdi. Chunki uning iste’mol narxlariga ta’siri ahamiyatsiz deb baholanmoqda.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"