Siyosat

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari o‘rtasida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

 

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi hamda boshqa rasmiy tadbirlarda ham ishtirok etadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

custom img

O‘zbekiston va Pokiston bir qator sohalardagi loyihalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"