Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni O‘zbekistonga taklif etdi

Cho‘lponotada O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari ishtirokida tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni O‘zbekistonga taklif etdi

 

Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahridagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ishtirokida tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston–Qirg‘iziston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda tarixiy yuksak bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 10 barobarga oshib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra 1,2 milliard dollarga yetgani, 450 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

 

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkazish, Toshkent va Bishkekda savdo uylari hamda vakolatxonalar ochish, energetika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

 

Muzokaralarda Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va ruxsat berish tartib-taomillarini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, parlamentlar, hukumatlar, hududlar, ishbilarmon doiralar va ekspertlar darajasidagi aloqalarni faollashtirish, Davlatlararo kengash tuzish hamda joriy yil yakuniga qadar barcha viloyatlar ishtirokida birinchi Hududlar forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.