Siyosat

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi

Tashrif yakunida Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga an’anaviy qirg‘iz milliy musiqa asbobi — changqo‘bizni sovg‘a qildi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi

 

O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirg‘iziston Birinchi xonimi Aygul Japarova hamda Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan birgalikda Qirg‘izistondagi “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar markaz faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tashkil etilgan mahorat darslari bilan tanishib, tarbiyalanuvchilar bilan muloqot qildilar.

 

Mehmonlar sharafiga “Shattik” milliy raqs ansambli va yosh komuzchilar jamoasi tomonidan madaniy dastur namoyish etildi. Shuningdek, “Aqilman” iqtidorli bolalar prezident litseyi tarbiyalanuvchilari tomonidan loy va kigizdan tayyorlangan ijodiy buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Dastur doirasida Birinchi xonimlar markazning sohil hududi hamda san’at galereyasini ham ko‘zdan kechirdilar. Galereyada Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan bolalar ijodiyoti bo‘yicha xalqaro tanlovlar g‘oliblari, jumladan, o‘zbekistonlik yosh rassomlarning ijod namunalari namoyish etildi.

 

Tashrif davomida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida yaratilgan “Do‘stlik daraxti” nomli kigiz pannosiga yakuniy bezak elementi tushirildi.

 

Tashrif yakunida Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga qirg‘iz xalqining an’anaviy milliy musiqa asbobi — changqo‘biz sovg‘a qilindi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"