Siyosat

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

 

Sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.

 

Davlat rahbarlari mintaqa xavfsizligi, barqaror rivojlanishi, iqtisodiy taraqqiyoti va aholi farovonligini oshirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida sammitni tashkil etgani uchun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari Maslahat uchrashuvlari formatidagi samarali raisligi uchun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga minnatdorlik bildirdi.

 

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida tobora yaqinlashib borayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Ozarbayjonning ushbu muloqot formatiga qo‘shilishi mintaqaviy hamkorlikni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy bosqichga olib chiqmoqda.

 

Prezident Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni qamrab oluvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelganini ta’kidlab, hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surdi.

 

Jumladan, samarali mintaqaviy institutlarni rivojlantirish, davlat idoralari va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, uzoq muddatli qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, transport-logistika tizimini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi va investitsiya platformalarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

 

Shuningdek, Markaziy Osiyoni ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar markaziga aylantirish, sun’iy intellekt, data-markazlar hamda energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Davlatimiz rahbari ekologik xavfsizlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratib, iqlim o‘zgarishlari iqtisodiyot, suv va energetika xavfsizligi hamda aholi salomatligiga tobora kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi. Shu bois yangi tahdidlarga moslashish bo‘yicha qo‘shma yechimlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev gumanitar aloqalarni rivojlantirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini bildirib, xalqlar o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

 

Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari mintaqaviy hamkorlikning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiruvchi Cho‘lponota deklaratsiyasini qabul qildilar.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"