Siyosat

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari ishtirok etdi.

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

 

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

         

 

Norasmiy Maslahat uchrashuvi dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatdi.

 

       

 

Musobaqa Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan va “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

 

         

 

Qirg‘iziston Gran-prisi Markaziy Osiyoda ilk bor mezbonlik qilayotgan F1H2O jahon chempionati bosqichi bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan professional jamoalar va sportchilar ishtirok etmoqda.

 

           

 

Musobaqa dasturidan sportchilarning mashg‘ulotlari, saralash bahslari hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezyurar qayiqlar ishtirokidagi asosiy poyga o‘rin olgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"