O'zbekiston

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida qurilayotgan ko‘prik balkasi bir tomonga og‘ib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi holat yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 6-avgust kuni Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasi ishtirokidagi M-39 Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz avtomobil yo‘lining 1255–1315-kilometr qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasidagi qurilish-montaj ishlari vaqtida yuz bergan.

 

Hodisa vaqtida yangi qurilayotgan ikki sathli qayrilib olish inshootining balkalari montaj qilinayotgan bo‘lgan. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sababli balkaga ortiqcha yuklama tushgan va natijada u singan.

 

Rasmiy izohda qayd etilishicha, oldindan zo‘riqtirilgan beton balkalar montaj jarayonida loyihada ko‘zda tutilmagan yuk sharoitlariga duch kelishi mumkin. Mazkur holat loyiha doirasidagi quruvchi-konsultant tashkilot tomonidan ham tasdiqlangan.

 

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, atrof-muhitga ham zarar yetmagan. Quruvchi tashkilot tomonidan singan balka bo‘laklari obyekt hududidan olib chiqilgan.

 

Hozirda hodisaning sabablarini aniqlash bo‘yicha loyiha muhandis-maslahatchisi — Temelsu International Engineering Services Inc. mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"