Siyosat

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Tashrifdan so‘ng Hindiston bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi.

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifdan so‘ng Hindiston hukumati rahbari 31-avgust va 1-sentyabr kunlari Bishkek shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yo‘l oladi.

 

Bo‘lajak tashrif O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilishi kutilmoqda. Muzokaralarda iqtisodiy aloqalar, transport-logistika, mudofaa, konchilik va muhim minerallar, farmatsevtika, texnologiyalar hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinishi mumkin.

 

Tashrifga tayyorgarlik ishlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Nyu-Dehliga tashrifi davomida ham muhokama qilingan. U Hindiston tashqi ishlar vaziri S. Jayishankar bilan uchrashib, Narendra Modining O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ma’lum qilgan.

 

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 2025-yilda 1,3 milliard dollarga yetgan. Tomonlar farmatsevtika, tibbiy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, muhandislik, avtomobilsozlik, elektronika, to‘qimachilik va kimyo sanoati kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda.

 

Transport-logistika masalasi ham ikki davlat munosabatlarida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruqlik yo‘lining mavjud emasligi sababli tomonlar Eron orqali Markaziy Osiyoga chiqish, jumladan, Chabahar porti va Xalqaro Shimol–Janub transport yo‘lagi imkoniyatlaridan foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda.

 

Shuningdek, konchilik va muhim minerallar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi ham kun tartibidan o‘rin olishi kutilmoqda. Hindistonning ilg‘or ishlab chiqarish, elektronika va toza energetika kabi strategik tarmoqlar uchun zarur minerallarga bo‘lgan ehtiyoji O‘zbekistonning tabiiy resurslari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini oshirmoqda.

 

Mudofaa va xavfsizlik sohasidagi aloqalar ham ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ikki mamlakat qurolli kuchlari muntazam ravishda “Do‘stlik” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Afg‘onistondagi vaziyat, terrorizm, ekstremizm va narkotik moddalar noqonuniy savdosiga qarshi kurash masalalari ham O‘zbekiston va Hindistonning umumiy manfaatlari doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Narendra Modining O‘zbekistonga avvalgi tashriflari 2015, 2016 va 2022-yillarda amalga oshirilgan. Bo‘lajak tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy aloqalarni yanada mustahkamlash va mavjud hamkorlikni aniq iqtisodiy loyihalar bilan boyitishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi | Zamon.uz