Jahon

Netanyaxu Buyuk Britaniyani “Britaniya Islom Respublikasi” deb atadi

U iborani Britaniya OAVlarining Isroilni yoritish uslubini tanqid qilar ekan, ishlatgan.

Netanyaxu Buyuk Britaniyani “Britaniya Islom Respublikasi” deb atadi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Buyuk Britaniyani “Britaniya Islom Respublikasi” deb atadi. U bu kinoyali iborani Britaniya OAVlarining Isroilni yoritish uslubini tanqid qilar ekan, ishlatgan. 

 

Al Jazeera qayd etishicha, uning bayonoti Isroil va Buyuk Britaniya hukumatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Netanyaxu bu fikrni 13-avgust kuni efirga uzatilgan Isroilning Melech Blitzer Haim podkastida bildirdi. U suhbat davomida 1967-yildagi Olti kunlik urush paytida Isroilni ijobiy yoritgan britaniyalik jurnalist Rendolf Cherchillni misol qilib keltirdi.

 

“Bugungi Britaniyada bunday yoritishni toping-chi. Uni ‘Britaniya Islom Respublikasi’ deb atash mumkin”, — dedi Netanyaxu.

 

Isroil bosh vaziri keyinchalik Buyuk Britaniyaning yadroviy qurolga ega “islomiy davlat”ga aylanishi haqidagi fikrni ham tilga oldi. U AQSh vitse-prezidenti J.D. Vensning avvalroq bildirgan shunga o‘xshash fikrlariga ishora qilgan.

 

“Kimdir yadroviy qurolga ega bo‘lgan birinchi Islom Respublikasi ‘Britaniya Islom Respublikasi’ bo‘ladi, degan edi. Biz bu yerda, Eronda, yana bittasi paydo bo‘lmasligini ta’minlayapmiz”, — dedi Netanyaxu.

 

Netanyaxuning so‘zlari Britaniya va Irlandiyadagi yahudiy jamoalari vakillari tomonidan tanqid qilindi.

 

Progressiv yahudiylik harakati hamraislari ravvin Charley Baginski va ravvin Josh Lev uning bayonotini “xavfli va mas’uliyatsiz” deb baholadi.

 

Ular antisemitizm, musulmonlarga qarshi nafrat va jamiyatdagi bo‘linishlar kuchayib borayotgan bir paytda bunday tildan foydalanish vaziyatni yanada keskinlashtirishini ta’kidladi.

 

“Bosh vazir Netanyaxu Britaniya yahudiylari nomidan gapirmaydi. Uning so‘zlari bizni ifodalamaydi”, — dedi ular.

 

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Tereza Mey davrida Dauning-strit apparati rahbari bo‘lgan Gevin Barvell esa Netanyaxuning bayonotini “ochiqdan-ochiq islomofobiya” deb atadi.

 

Isroil va Buyuk Britaniya tarixan yaqin munosabatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, 2024-yilda Leyboristlar partiyasi hokimiyatga kelganidan keyin ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi.

 

Sobiq bosh vazir Kir Starmer davrida Buyuk Britaniya Isroil bilan erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan va qurol-yarog‘ eksportiga berilgan ayrim litsenziyalarni to‘xtatib qo‘ygan.

 

Shuningdek, Buyuk Britaniya Isroil hukumatidagi o‘ta o‘ngchi vazirlar Itamar Ben-Gvir va Bezalel Smotrichga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.

 

2025-yilda esa Buyuk Britaniya Fransiya va Kanada kabi ittifoqchilari qatorida Falastin davlatini tan olgan. Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Bernxem ham yaqinda Leyboristlar partiyasining Isroilning G‘azodagi harakatlariga dastlabki munosabati uchun uzr so‘ragan. U partiya o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishda juda sust harakat qilganini bildirgan.

 

Bernxem G‘azodagi zo‘ravonlikka aloqador shaxslarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish hamda noqonuniy aholi punktlari bilan savdo qiluvchi tovarlarni taqiqlash kabi choralarni ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.

 

London Universitet kollejining xalqaro munosabatlar bo‘yicha dotsenti Rodvan Abouharb Netanyaxuning Buyuk Britaniyaga nisbatan kinoyali bayonotini ikki davlat munosabatlaridagi “yangi tubanlik” deb baholadi.

 

Shu bilan birga, u Isroil va Buyuk Britaniyaning Eronga nisbatan siyosiy maqsadlarida sezilarli mushtaraklik mavjudligini qayd etdi.

 

Abouharbning fikricha, Netanyaxuning bayonoti ichki siyosiy maqsadlarga, jumladan, uning zaiflashib borayotgan hukmron koalitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.