O'zbekiston

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda onaxonning pensiya rasmiylashtirishiga 30-yil avvalgi voqea sabab to‘siq paydo bo‘ldi. Gap 1996-yilda besh kunlik bo‘lgan vaqtida vafot etgan farzandining o‘limi rasmiy qayd etilmagani haqida ketmoqda.

 

 

Oila uchun og‘ir kechgan o‘sha kunlarda chaqaloqning vafoti FHDYO organlarida rasmiylashtirilmagan. Yillar o‘tib, onaxon pensiyaga chiqish uchun hujjatlarini tayyorlay boshlaganida esa 30-yil avvalgi holat yana kun tartibiga chiqdi.

 

Avvaliga ona Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi. Masala bu yerda hal etilmaganidan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga farzandining o‘lganlik faktini belgilash haqida ariza bilan murojaat qildi.

 

30-yil avvalgi voqea qanday isbotlandi?

 

Sud majlisida onaxonning yaqin qo‘shnilari va qarindoshlari guvoh sifatida ishtirok etdi. Ular 1996-yilda tug‘ilgan chaqaloq ko‘p yashamay, vafot etgani hamda uning dafn marosimida shaxsan ishtirok etganliklarini tasdiqladi.

 

 

Bundan tashqari, sud tomonidan tegishli arxiv va boshqa hujjatlar ham o‘rganildi. Jumladan, Mirzaobod tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Xo‘javali qabristonidan berilgan ma’lumotnoma, FHDYO arxivi va tuman FHDYO bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomalar ish materiallariga qo‘shildi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi Muzaffar O‘rolovning aytishicha, to‘plangan dalillar, guvohlarning ko‘rsatmalari va mavjud hujjatlarni baholagan sud 1996-yil 10-sentyabrda onaxonning farzandi vafot etgani faktini belgilash haqida qaror qabul qildi.

 

Shu tariqa, oradan 30-yil o‘tib, bir vaqtlar rasmiylashtirilmay qolgan o‘lim fakti sud qarori bilan tasdiqlandi.

 

Bu holat hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatadi. Bir paytlar oila uchun eng og‘ir damlarda e’tibordan chetda qolgan hujjat yillar o‘tib, pensiya rasmiylashtirish kabi muhim masalada zarur dalilga aylandi.

 

30-yillik vaqt oralig‘i ham haqiqatni tasdiqlashga to‘sqinlik qilmadi: arxiv ma’lumotlari, qabriston hujjatlari va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida onaxonning farzandi haqiqatdan ham vafot etgani sud tomonidan qonuniy tarzda belgilab berildi.

 

Mo‘tabar Nurmuhammedova

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"