O'zbekiston

Toshkentda kvartiralarning narxi kadastrdagidan 7,4 baravar, hovli-joylarniki esa 14 baravar yuqori chiqdi

600 mingdan ortiq kvartira va 213 mingta hovli-joy ommaviy baholandi.

Toshkentda kvartiralarning narxi kadastrdagidan 7,4 baravar, hovli-joylarniki esa 14 baravar yuqori chiqdi

Toshkent shahrida ko‘chmas mulk obyektlarini ommaviy baholashning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Baholash davomida 600 mingdan ortiq kvartira va 213 mingdan ziyod hovli-joy qayta baholangan.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtdagi 600 mingdan ortiq kvartiraning amaldagi kadastr qiymati 57,8 trln so‘m bo‘lgan. Ommaviy baholash natijasida esa ushbu obyektlarning qiymati 426,7 trln so‘m etib belgilangan.

 

213 mingdan ortiq hovli-joyning amaldagi kadastr qiymati 39,1 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ommaviy baholashdan keyin ularning qiymati 548,4 trln so‘mga baholangan.

 

Shunday qilib, amaldagi kadastr qiymati bilan ommaviy baholashda aniqlangan qiymat o‘rtasidagi farq kvartiralarda qariyb 7,4 baravar, hovli-joylarda esa 14 baravarni tashkil etgan.

 

Baholash natijalariga ko‘ra, poytaxtda ko‘chmas mulkning qiymati hududga qarab sezilarli darajada farqlanadi.

 

Jumladan, kvartiralarning 1 kvadrat metri 4,6 mln so‘mdan 35,8 mln so‘mgacha, bir sotix yer uchastkasining qiymati esa 115 mln so‘mdan 890 mln so‘mgacha baholangan.

 

Baholashda obyektning joylashuvi, maydoni, qurilgan yili, qavatlari, qurilish materiali, shuningdek, transport va ijtimoiy infratuzilmaga yaqinligi kabi omillar hisobga olingan. Bozor takliflari, rieltorlar ma’lumotlari va notarial rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari ham tahlil qilingan.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy baholashning dastlabki natijalari 60 kun davomida jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

 

Mulkdorlarga ularning ko‘chmas mulki bo‘yicha baholash natijalari haqida SMS-xabarnoma yuboriladi. Ular hisob-kitoblarda foydalanilgan ma’lumotlar bilan tanishishi, xatolar haqida xabar berishi va natijalarni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin.

 

Shuningdek, baholash natijasidan norozi bo‘lgan mulkdor mustaqil baholash o‘tkazish uchun baholovchi tashkilotni jalb qilish huquqiga ega.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.