Siyosat

Eron O‘zbekistonning AQSh-Isroil urushidagi pozitsiyasini olqishladi

Eron tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonning Tehronning AQSh va Isroilning harbiy tajovuziga oid pozitsiyasini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Eron O‘zbekistonning AQSh-Isroil urushidagi pozitsiyasini olqishladi


 
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehronda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aloyev bilan uchrashuvda Toshkentning AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari yuzasidan bildirgan pozitsiyasini olqishladi. Uchrashuv 17-avgust kuni bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Tasnim news xabar berdi.


 
Aloyev Tehronga Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi sakkizinchi siyosiy maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun borgan. Aroqchi O‘zbekistonning Eronga nisbatan tutgan pozitsiyasini “prinsipial” deb baholab, mamlakatning Eron inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan marosimga yuqori darajadagi delegatsiya yuborganini ham alohida qayd etgan.


 
Eron tashqi ishlar vaziri Tehron va Toshkent o‘rtasidagi siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tashrif va almashinuvlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, ikki davlat munosabatlaridan foydalanib, Eron va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini bildirgan.


 
Uning fikricha, bunday hamkorlik mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qilishi mumkin.


 
O‘z navbatida, Bahromjon Aloyev O‘zbekistonning Eron bilan o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Aroqchiga salomini yetkazgan.
 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.