Siyosat

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi Mamay punkti qayta ochilishi mumkin

Shuningdek, Karben–Mamay avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi Mamay punkti qayta ochilishi mumkin

 

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida 2020-yilda yopilgan Mamay nazorat-o‘tkazish punktini qayta ochish masalasi muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Karben–Mamay avtomobil yo‘lini qurish masalasi ham xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti loyihasi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

 

Bu haqda 18-avgust kuni Qirg‘iziston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maxsus vakili Bakit Torobayev ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, punktning qayta ochilishi ikki davlatning chegaradosh hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va turizm aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Torobayevga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punkti ishga tushirilsa, mahalliy aholi mahsulotlarini qo‘shni davlatga eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, Padish-Ota, Sari-Chelek va Qora-Qamish kabi turistik maskanlarga sayyohlar oqimini oshirish hamda hududdagi iqtisodiy faollikni kuchaytirish kutilmoqda.

 

Mamay nazorat-o‘tkazish punkti 2020-yilda yopilgan. So‘nggi yillarda Qirg‘iziston parlamenti deputatlari uni qayta ochish masalasini bir necha bor ko‘targan.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yil iyul oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara o‘tish punktlari sonini 15 tadan 30 tagacha oshirishga kelishib olgan. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish imkoniyati berilgan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.