O'zbekiston

Navoiyda uyga bostirib kirib, qizni bog‘lab qo'ygan erkak 15 yilga qamaldi

U bundan avval ham turli jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan va xavfli retsidivist deb qayd etilgan.

Navoiyda uyga bostirib kirib, qizni bog‘lab qo'ygan erkak 15 yilga qamaldi

 

Navoiy viloyatining Karmana tumanida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan, ilgari ham jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Sudda aniqlanishicha, sudlanuvchi 2024-yil aprel oyida Karmana tumani Kalavot mahallasidagi xonadonlardan biriga yuziga oq doka niqob taqib, qo‘lida oshxona pichog‘i bilan noqonuniy ravishda kirgan.

 

U xonadon yotoqxonasida bo‘lgan yosh qizga hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan. Jabrlanuvchi qarshilik ko‘rsatganidan so‘ng, uning qo‘l va oyoqlarini xonadagi charm tasma yordamida bog‘lab, pichoq bilan qo‘rqitgan.

 

Shundan so‘ng sudlanuvchi xonadondagi tilla va boshqa taqinchoqlarni olib, voqea joyidan qochgan.

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u hodisadan bir kun o‘tib qo‘lga olingan.

 

Sudlanuvchi bundan avval ham turli jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgani va xavfli retsidivist ekani qayd etilgan.

 

U Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan va 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.