Siyosat

Ilhom Aliyev 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Ilhom Aliyev 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

 

Tashrif doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki davlat rahbarlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin oladi.

 

Shuningdek, tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, transport-tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

 

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari, shuningdek, ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

 

Tashrif yakunida ikki tomonlama salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash, shuningdek, qator yangi iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

 

Ayni kunlarda O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumi va boshqa qo‘shma tadbirlar ham o‘tkazilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

custom img

O‘zbekiston va Pokiston bir qator sohalardagi loyihalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"