O'zbekiston

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar tadbirkor foydasiga hal qilinadi

Davlat organi aksini isbotlamaguncha tadbirkor qonunchilikka muvofiq harakat qilgan deb hisoblanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar tadbirkor foydasiga hal qilinadi

O‘zbekistonda davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarda tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi amal qiladi. Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyat va noaniqliklar, shuningdek, davlat organi taqdim etgan dalillar yetarli bo‘lmaganda yuzaga keladigan shubhalar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.

 

Bu Prezidentning 27- avgustdagi farmonida belgilangan. Hujjat tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

 

Farmonga ko‘ra, davlat organi aksi isbotlamaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan hisoblanadi.

 

Sudda yoki nizoni ko‘rib chiquvchi boshqa ma’muriy organda tadbirkorga nisbatan qo‘llangan huquqiy ta’sir chorasi yoki qabul qilingan qarorning qonuniy, asosli va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilganini isbotlash majburiyati davlat organi zimmasiga yuklatiladi.

 

2027-yil yanvargacha tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasini amalda qo‘llash mexanizmlarini kengaytirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Jumladan, tadbirkor jarima yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasidan norozi bo‘lib, belgilangan muddatda sudga yoki yuqori turuvchi organga shikoyat qilsa, ushbu choraning amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish mexanizmi belgilanadi.

 

Shuningdek, 2027-yil aprelgacha tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarida “sukut — rozilik” tamoyilini kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra, xizmat uchun berilgan ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, ayrim hollarda murojaat tadbirkor foydasiga hal qilingan deb hisoblanadi. Ushbu tartibga “sukut — rozilik” tamoyili qo‘llanmaydigan xizmatlarning 50 foizini o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

 

Farmonda ma’muriy sud qarorlarining ijrosiga oid yangi tartib ham belgilangan. Agar sud davlat organiga o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqish majburiyatini yuklasa, sudning huquqiy pozitsiyasi davlat organi uchun majburiy hisoblanadi. Qayta ko‘rib chiqish natijasida tadbirkorning holatini avvalgi qarorga nisbatan og‘irlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Davlat organi sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishi shart. Mazkur muddat o‘tgach, ushbu ish bo‘yicha tadbirkorga nisbatan yangi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash taqiqlanadi.

 

Farmon bilan tadbirkorlar uchun boshqa yengilliklar ham joriy etilmoqda. Xususan, 1-noyabrdan elektr va gaz uchun oldindan to‘lov miqdori 15 foizgacha tushiriladi, “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi joriy etiladi, moliyaviy jarima qo‘llashda birinchi xato uchun ogohlantirish berish tartibi belgilanadi. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga uch yil muddatga moratoriy joriy etiladi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.