O'zbekiston

Qiymati 400 BHMdan oshadigan tovarlar uchun naqd pulda to‘lov qilib bo‘lmaydi

Avval mazkur cheklov qiymati 25 mln so‘m etib belgilangandi.

Qiymati 400 BHMdan oshadigan tovarlar uchun naqd pulda to‘lov qilib bo‘lmaydi

O‘zbekistonda qiymati bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravaridan oshadigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirish taqiqlandi. Endilikda bunday to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bu Prezidentning 27-avgustdagi farmonida belgilangan.

 

Avval mazkur cheklov qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlarga nisbatan qo‘llangan. Yangi tartibga ko‘ra, chegara BHMning 400 baravari etib belgilandi.

 

2026-yil 1-sentyabrdan BHM 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga oshirilishi munosabati bilan 400 BHM 176 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Naqd pulsiz to‘lov majburiy bo‘lgan holatlar qatoriga davlat organlari ko‘rsatadigan xizmatlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft-gaz mahsulotlarini sotish hamda elektromobillarni zaryadlash xizmatlari kiradi.

 

Shuningdek, qiymati 400 BHMdan oshadigan tovar va xizmatlar, ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10-yildan oshmagan M, N, O va G toifadagi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdisida ham to‘lovlar bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno.

 

Farmonda tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishga qaratilgan boshqa choralar ham belgilangan. Jumladan, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi ommaviy-huquqiy munosabatlarda tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi amal qiladi.

 

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyat va noaniqliklar, shuningdek, davlat organi taqdim etgan dalillarning yetarli emasligi sababli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkor foydasiga talqin etiladi.

 

Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi joriy etiladi. Moliyaviy jarima qo‘llashda birinchi xato uchun ogohlantirish berish qoidasi kiritiladi. Kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga esa uch yil muddatga moratoriy joriy etiladi.

custom img

Hindiston Bosh vaziri "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurdi

Narendra Modi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

custom img

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar tadbirkor foydasiga hal qilinadi

Davlat organi aksini isbotlamaguncha tadbirkor qonunchilikka muvofiq harakat qilgan deb hisoblanadi.

custom img

Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Tashrifning asosiy tadbirlari 30-avgust kuni o‘tkaziladi.

custom img

Surxondaryoda ta’tildagi xodimni majburan ishga chiqargan rahbar jazolandi

Uzun tumanidagi davlat muassasasida xodim qonuniy taʼtilda bo‘lishiga qaramay, roziligisiz ishga jalb etilgani aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni 2,5 baravar oshdi

Xorijdan doimiy yashash uchun asosan Rossiya va Qozog‘istondan ko‘chib kelishmoqda.

custom img

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga uch yilga moratoriy joriy etildi

Moratoriy amal qiladigan davrda Biznes-ombudsman tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkaziladi.

custom img

Prezident: “Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqida xalqni birlik va hamjihatlikka chorladi.

custom img

O‘zbekiston 2027–2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu tuzilmaning samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari suriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"