O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri tor va kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi

Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri tor va kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuv avvalida Narendra Modi Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, xalqqa tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

O‘zbekiston – Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Faol va samarali muloqotlar turli darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

 

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi. So‘nggi yillarda qo‘shma korxonalar soni yetti barobarga ko‘paydi. Ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga 14 ta to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar amalga oshirilmoqda.

 

Ta’lim sohasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. O‘zbekistonda Hindistonning to‘rtta universiteti faoliyat yuritmoqda.

 

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

 

O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

 

Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

 

Bu O‘zbekiston – Hindiston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi va barcha ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratishi qayd etildi.

 

Tomonlar siyosiy muloqot va almashinuvlarni barcha darajalarda, shu jumladan, parlamentlardagi do‘stlik guruhlari, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasida faollashtirishga kelishib oldilar.

 

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida muvofiqlashtiruvchi mexanizmni ta’sis etish ko‘zda tutildi.

 

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etib, 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar.

 

Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan energetika, elektrotexnika, metallurgiya, muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va zargarlik sanoatida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuqori baholandi.

 

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Andijon viloyati va Gujarat shtati, Farg‘ona viloyati va Haryana shtati, Samarqand viloyati va Agra o‘rtasida yaqin sheriklik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

 

Bundan tashqari, tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, forumlar va kinofestivallarni muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dasturni imzolash ko‘zda tutilgan.

 

Muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Yetakchilar xalqaro tuzilmalar doirasidagi samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar BMT, SHHT, BRICS va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.

 

Uchrashuv yakunida vazirlik va idoralar rahbarlariga qo‘shma loyiha va dasturlarning faol ilgari surilishini ta’minlash topshirildi.

 

Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizmlar, mas’ul ijrochilar va amalga oshirish muddatlarini o‘z ichiga olgan tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

custom img

Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Haydovchi avval mast holda avtomobil boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"