Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev  Si Szinpinni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi.

 

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Xitoy yetakchisiga O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi hamda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

 

Tomonlar kelgusi yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 35-yilligini keng nishonlash bo‘yicha tadbirlar dasturini tayyorlash taklifini ilgari surdilar.

 

 

Muzokaralarda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, texnologik sheriklik, transport, energetika, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 18 milliard dollarga yetgan. Tomonlar yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichni 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yangi marrani belgilashni taklif qildilar.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard dollarni, mamlakatdagi qo‘shma korxonalar soni esa 6 mingdan ortiqni tashkil etayotgani qayd etildi.

 

Energetika, kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, oziq-ovqat, transport va infratuzilma, qishloq xo‘jaligi hamda yuqori texnologiyalar sohalarida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilandi.

 

Tomonlar “BYD” kompaniyasi bilan elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni texnologik sheriklikning muhim namunasi sifatida qayd etib, ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliylashtirish darajasini oshirish rejalarini qo‘llab-quvvatladilar.

 

Transport sohasida “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” strategik temir yo‘li qurilishi samarali davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

 

Uchrashuvda turizm va gumanitar aloqalarni kengaytirish, ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar geografiyasi va parvozlar sonini oshirish, madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, “Xitoy–Markaziy Osiyo” formatidagi mintaqaviy sheriklikni chuqurlashtirish va kelgusi yili Xitoyda o‘tkaziladigan uchinchi sammitga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Tashrif davomida o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.