Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

Bishkek shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

 

 

Uchrashuv avvalida Serjio Gor O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda davlatimiz rahbariga AQSH Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

 

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Siyosiy muloqot, parlamentlararo va hududlararo aloqalarning ijobiy sur’ati hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

 

Ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

 

“C5+1” formati doirasida bo‘lajak tadbirlarga hamda O‘zbekiston-Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Tashrif davomida o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.