O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

Prezident Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi.

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

 

Davlat rahbari yosh parlamentariylarni nufuzli anjuman munosabati bilan samimiy qutlab, “Ming yillardan buyon tamaddunlar, xalqlar va gʻoyalarni birlashtirayotgan koʻprik – koʻhna va navqiron Samarqand shahriga xush kelibsiz!”, – deya ta'kidlagan.

 

Prezident mazkur konferensiyaning O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotganini Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan berilayotgan yuksak bahoning ifodasi sifatida qayd etdi.

 

Anjuman dunyoda global ziddiyatlar, beqarorlik va qurolli mojarolar kuchayib borayotgan murakkab sharoitda o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan “Notinch davrlarda barcha uchun inson huquqlari, adolat va qadr-qimmatni tiklash” mavzusi dolzarb ekani qayd etildi.

 

Murojaatda bugungi kunda 500 milliondan ziyod bolalar va yoshlar qurolli mojarolar hududlarida yashayotgani, ko‘plab yoshlarning ta’lim olish imkonidan mahrum ekani qayd etildi.

 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarning bilim va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish belgilangan.

 

Qayd etilishicha, 39 millionlik aholining qariyb 56 foizini yoshlar tashkil etadi. So‘nggi yillarda yoshlarning ta’lim olishi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi va tadbirkorlik bilan band bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

 

Jumladan, dunyoning eng yaxshi 100 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar soni 3,5 ming nafardan oshgan, ilmiy darajaga ega yosh olimlar ulushi ikki baravar ko‘paygan. Yoshlarning tadbirkorlar safidagi ulushi esa 35 foizga yetgan.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati huzuridagi Yoshlar parlamentlari bo‘lajak xalq vakillari uchun tajriba maktabiga aylangani ta’kidlandi. 2024-yilgi saylovlarda 200 ga yaqin yoshning vakillik organlari a’zosi etib saylangani siyosiy hayotdagi yangilanishlarning muhim natijasi sifatida qayd etildi.

 

Prezident O‘zbekistonning yoshlar siyosati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganini ta’kidlab, mamlakat BMTning “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan yetakchi davlatlar qatoridan joy olganini qayd etdi.

 

Shuningdek, Parlamentlararo Ittifoq doirasida qabul qilinayotgan Yoshlar va kelajak avlodlar to‘g‘risidagi Samarqand rezolyutsiyasi olqishlandi.

 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashish uchun maxsus platforma taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

 

Davlatimiz rahbari barcha ishtirokchilarni kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressida ishtirok etishga taklif etdi.

 

Murojaat yakunida Prezident Samarqanddagi muloqot va munozaralar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tishiga, anjuman doirasida qabul qilinadigan hujjatlar global tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.