O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng tinch mamlakat deb topildi
Global Peace Index 2026 reytingida O‘zbekiston 163 davlat orasida 37-o‘rinni egalladi.

Iqtisodiyot va Tinchlik instituti (Institute for Economics & Peace — IEP) tomonidan e’lon qilingan Global Peace Index 2026 reytingida O‘zbekiston 163 davlat orasida 37-o‘rinni egalladi.
Mamlakatning umumiy ko‘rsatkichi 1,726 ballni tashkil etgan.
O‘zbekiston o‘tgan yilgi natijaga nisbatan reytingda sezilarli yuqorilagan. 2025-yilda mamlakat 67-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 2026-yilda 37-o'rindan joy oldi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham eng yuqori natijani qayd etdi. Xususan, Qozog‘iston 44-o‘rin, Tojikiston 47-o‘rin, Qirg‘iziston 61-o‘rin va Turkmaniston 66-o‘rinni egallagan.
Shu tariqa, O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida tinchlik va barqarorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi o‘rinni qayd etdi.








