Siyosat

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadi

16 sentyabr kuni Seulda Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokida ilk sammit o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadi



Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokidagi mazkur sammitni o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.



Sammitda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi. Uchrashuvda savdo, investitsiyalar, energetika, muhim foydali qazilmalar va taʼminot zanjirlari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.



Janubiy Koreya prezidenti sammit oldidan, 14–16 sentyabr kunlari Markaziy Osiyoning har bir davlati rahbari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.



Li Je Myonning taʼkidlashicha, sammit Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarni davlat rahbarlari darajasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik tizimiga olib chiqishga xizmat qiladi. Seul bu orqali mintaqa bilan iqtisodiy va strategik aloqalarni yana-da mustahkamlashni ko‘zlamoqda.



Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, sammit 16–17 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Tomonlar tayyorgarlik jarayonida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda sammit yakunlari bo‘yicha hujjatlarni muhokama qilgan.



Sammit Seulning Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy, energetika va infratuzilma sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan siyosati doirasidagi muhim tadbirlardan biri sifatida baholanmoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.