Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashdi

Prezident Bosh vazir bilan suhbatda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashdi

 

Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat davomida O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni, xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar sanoat kooperatsiyasi doirasida yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish muhimligini qayd etdilar.

 

Shuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bog‘lovchi logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish orqali mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shavkat Mirziyoyev Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

 

Muloqotda, shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, jumladan, BMT va MDH doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"