Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Marosimdan so‘ng ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

14-sentabr kuni Janubiy Koreya Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari va rafiqasini Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqasi kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi, ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga qayd yozib qoldirdi.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.








