Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

 

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Koreya Eksport-import banki raisi Xvan Ki Yon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Uchrashuvda Koreya Geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) prezidenti Kvon I Gyun va Koreya Materialshunoslik instituti (KIRAM) direktori o‘rinbosari Bum Sun Kim ham ishtirok etdi.

 

Tomonlar sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, muhim materiallar, ta’lim va transport sohalarida Koreya Eksimbanki hamda uning jamg‘armalari bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Davlat rahbari 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini imzolashni qo‘llab-quvvatladi. Mazkur dastur doirasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarni yetkazib berish, Biomarkaz tashkil etish, muhim minerallarni qayta ishlash hamda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, Orolbo‘yi hududida Xotin-qizlar tadbirkorligi markazini tashkil etish va Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi temir yo‘l qurilishi loyihasiga Koreyaning moliya institutlari hamda kompaniyalarini jalb qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

Strategik ahamiyatga ega muhim minerallar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma jamg‘arma ishga tushirilgani qayd etildi.

 

Uchrashuvda yarimo‘tkazgichlar va yangi materiallarni ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish taklif qilindi.

 

Mazkur yo‘nalishlardagi loyihalarda Koreya Geologiya va mineral resurslar instituti hamda Koreya Nodir metallar institutining faol ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston – Koreya biznes forumi: yangi investitsiyaviy loyihalar ishga tushirilmoqda

Toshkentda Kimyo texnologiyalari markazi ishga tushirildi, Jizzax, Farg‘ona va Namanganda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi.

custom img

O‘zbekiston va Koreya biznesi: sanoat-texnologik alyans tuzish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri 300 nafardan ortiq davlat va biznes vakillarini jamlagan qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va transport infratuzilmasi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma parlament tadbirlari o‘tkazishga kelishildi.

custom img

Transportdan sunʼiy intellektgacha: O‘zbekiston va Koreya hamkorlikni kengaytirmoqda

Seuldagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: 12 mlrd dollarlik loyihalar portfeli tayyorlandi

2027-yil O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"