Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va transport infratuzilmasi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

 

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk bilan uchrashdi. Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Seul shahridagi Prezident uchun ajratilgan qarorgohda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, texnologiyalarni rivojlantirish hamda transport-logistika sohalaridagi sheriklikni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.

 

Xususan, savdo, moliya va investitsiyalar, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Shuningdek, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning xomashyo salohiyatidan foydalanib, muhim minerallarni qayta ishlash, transport va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududlararo aloqalarni kengaytirish bo‘yicha sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma parlament tadbirlari o‘tkazishga kelishildi.

custom img

Transportdan sunʼiy intellektgacha: O‘zbekiston va Koreya hamkorlikni kengaytirmoqda

Seuldagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: 12 mlrd dollarlik loyihalar portfeli tayyorlandi

2027-yil O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilinadi.

custom img

Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so‘ng ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga bordi

O‘zbekiston Prezidentining Koreyaga davlat tashrifi vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligining yangi bosqichi: Shavkat Mirziyoyevning maqolasi Koreya nashrida chop etildi

Shavkat Mirziyoyev Koreya nashrida e’lon qilingan maqolasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi texnologik bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashdi

Prezident Bosh vazir bilan suhbatda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “ROX Group” kompaniyasi asoschisini qabul qildi

Uchrashuvda amaldagi va yangi loyihalarni “yo‘l xaritasi” asosida jadallashtirishga kelishildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"