Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma parlament tadbirlari o‘tkazishga kelishildi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashdi.

 

Muloqotda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirishda parlamentlararo aloqalarning muhim o‘rni qayd etildi.

 

Tomonlar parlamentlar o‘rtasidagi “do‘stlik guruhlari” faoliyatini kuchaytirish, delegatsiyalar almashinuvini davom ettirish hamda qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

 

Shuningdek,Milliy Assambleya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Oliy Majlisining har ikki palatasida amalga oshirilayotgan “Elektron parlament” loyihasi ham alohida ta’kidlandi.

 

Oliy darajada erishilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar kelishuvlarning amaliy ijrosini parlament monitoringi orqali ta’minlash bo‘yicha hamkorlik mexanizmini yaratish zarurligi bildirildi.

 

Uchrashuv yakunida 2027-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligi munosabati bilan parlament diplomatiyasi doirasida qator qo‘shma tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

custom img

Transportdan sunʼiy intellektgacha: O‘zbekiston va Koreya hamkorlikni kengaytirmoqda

Seuldagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: 12 mlrd dollarlik loyihalar portfeli tayyorlandi

2027-yil O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilinadi.

custom img

Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so‘ng ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga bordi

O‘zbekiston Prezidentining Koreyaga davlat tashrifi vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligining yangi bosqichi: Shavkat Mirziyoyevning maqolasi Koreya nashrida chop etildi

Shavkat Mirziyoyev Koreya nashrida e’lon qilingan maqolasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi texnologik bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashdi

Prezident Bosh vazir bilan suhbatda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “ROX Group” kompaniyasi asoschisini qabul qildi

Uchrashuvda amaldagi va yangi loyihalarni “yo‘l xaritasi” asosida jadallashtirishga kelishildi.

custom img

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadi

16 sentyabr kuni Seulda Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokida ilk sammit o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"