Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi Shin Dong Bin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Oʻzbekiston yetakchisi kompaniya Koreyaning mamlakatimizdagi eng yirik investorlaridan biri ekanini, koʻp yillardan buyon samarali hamkorlik olib borilayotganini taʼkidladi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani alohida qayd etildi.

 

Yurtimizda Koreyaning ilgʻor texnologiyalari asosida developerlik loyihalarini amalga oshirish masalalari hamda mis folgasi ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Prezidentimiz kompaniyaning mamlakatimizdagi turizm markazlarini boshqarish va mehmonxona biznesida xizmatlar sifatini oshirish borasidagi rejalarini qoʻllab-quvvatladi.

 

Yakunda ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilib borish maqsadida ishchi guruh tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston – Koreya biznes forumi: yangi investitsiyaviy loyihalar ishga tushirilmoqda

Toshkentda Kimyo texnologiyalari markazi ishga tushirildi, Jizzax, Farg‘ona va Namanganda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi.

custom img

O‘zbekiston va Koreya biznesi: sanoat-texnologik alyans tuzish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri 300 nafardan ortiq davlat va biznes vakillarini jamlagan qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va transport infratuzilmasi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma parlament tadbirlari o‘tkazishga kelishildi.

custom img

Transportdan sunʼiy intellektgacha: O‘zbekiston va Koreya hamkorlikni kengaytirmoqda

Seuldagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: 12 mlrd dollarlik loyihalar portfeli tayyorlandi

2027-yil O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilinadi.

custom img

Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so‘ng ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"