Jahon

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi


AQSH Vakillar palatasi prezident Donald Tramp maʼmuriyatining Eronga qarshi harbiy amaliyotlarini Kongressning maxsus roziligisiz davom ettirishni cheklashga qaratilgan rezolyutsiyani maʼqulladi. Bu haqda AP xabar berdi.



Rezolyutsiya uchun 220 nafar kongressmen ovoz bergan, 204 nafari qarshi chiqqan. Hujjatni barcha demokratlar hamda yetti nafar respublikachi qo‘llab-quvvatlagan. Bu Vakillar palatasining Eronga qarshi harbiy harakatlarni cheklash bo‘yicha uchinchi ovoz berishi bo‘lgan.



Rezolyutsiya Urush vakolatlari to‘g‘risidagi qonunga asoslangan bo‘lib, Kongress tomonidan alohida ruxsat berilmagan taqdirda AQSH harbiy kuchlarining Eronga qarshi jangovar amaliyotlarda ishtirokini to‘xtatishni nazarda tutadi.



AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, urush eʼlon qilish vakolati Kongressga tegishli. Shu bilan birga, prezident bosh qo‘mondon sifatida ayrim harbiy operatsiyalarni amalga oshirish vakolatiga ega. Urush vakolatlari to‘g‘risidagi qonun esa prezidentning harbiy kuchlardan foydalanish vakolatlarini Kongress nazorati bilan cheklashga qaratilgan.



Biroq avvalgi shunga o‘xshash rezolyutsiyalar kabi mazkur hujjat ham prezidentga yuborilmagan. AP maʼlumotiga ko‘ra, Tramp maʼmuriyati ushbu tashabbusga qarshi chiqmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.