Siyosat

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida 15-sentyabr kuni 10 ta tadbir o‘tkazildi. Davlat rahbarining ish jadvali ertalabdan kechgacha deyarli tanaffussiz davom etdi.

 

Prezidentning Koreyada yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvida aytgan ayrim fikrlari uning ish kunining naqadar tig‘iz o‘tayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

 

Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar ... Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”, dedi davlat rahbari.

 

15-sentyabr kuni Prezidentning ish dasturi Koreya Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuvdan boshlandi. Keyinchalik Koreya Bosh vaziri bilan muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar, O‘zbekiston–Koreya biznes forumidagi ishtirok, hujjatlarni imzolash marosimlari hamda qo‘shma loyihalarga start berish tadbirlari o‘tkazildi.

 

Jumladan, davlat rahbari Koreyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan 6 ta alohida uchrashuv o‘tkazdi.

 

Shuningdek, Prezident 200 dan ortiq tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston–Koreya biznes forumida qatnashdi.

 

O‘zbekiston hududlarida amalga oshiriladigan 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start berish marosimi ham shu kun dasturidan o‘rin oldi.

 

Kun yakunida esa Prezident Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari, Koreyada biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar, ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar hamda o‘zbek tilini koreys yoshlariga o‘rgatayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.

 

Davlat rahbari vatandoshlar bilan muloqot davomida O‘zbekiston–Koreya munosabatlarining rivojlanishi, tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlar haqida gapirdi. Shuningdek, xorijda yashayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonliklarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasidan mamlakat taraqqiyoti yo‘lida foydalanish masalalariga to‘xtaldi.

 

Prezident 10 ga yaqin yoshlarning ta’lim, ilm-fan, tadbirkorlik va O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflarini tingladi.

 

Muloqot boshlanganidan taxminan bir soat o‘tgach, protokol xizmati rahbari Prezidentga past ovozda “9 soat bo‘ldi”, deya eslatdi. Bu davlat rahbari shu vaqtgacha qariyb 9 soat davomida uzluksiz ish olib borganini anglatardi.

 

Shunga qaramay, Prezident vatandoshlar bilan suhbatni davom ettirdi. Uchrashuv yana qariyb bir soat davom etdi.

 

Muloqot chog‘ida davlat rahbari yoshlarni vaqtni qadrlashga, xorijda imkon qadar ko‘proq bilim va tajriba olishga chaqirdi.

 

Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10–15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

15-sentyabr kuni Prezidentning tadbirlari ertalab soat 10:00 lar atrofida boshlangan va kechki paytgacha davom etgan. Orada alohida dam olish yoki tushlik uchun uzoq tanaffus bo‘lmagan.

 

Davlat rahbari Koreya Milliy Assambleyasi raisi va Bosh vaziri bilan uchrashuvlar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar, biznes forum hamda vatandoshlar bilan muloqotni bir kunning o‘zida o‘tkazdi.

 

Prezident Koreya Milliy Assambleyasi raisi bilan xayrlashish chog‘ida ham ishlar ko‘pligi sababli erta tongdan ish boshlashiga to‘g‘ri kelayotganini aytgan.

 

Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”, dedi davlat rahbari.

 

15-sentyabrdagi ish kuni yakunlanganidan keyin ham Prezidentning ish dasturi tugamadi. 16-sentyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi sammiti bo‘lib o‘tadi.

 

Davlat rahbari vatandoshlar bilan muloqotda ish jadvali tig‘izligiga qaramay, ko‘proq odam bilan gaplashish va ularning fikrlarini eshitishga harakat qilishini ta’kidladi.

 

O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam, ishlamagunlaringcha qo‘ymayman. Bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”, dedi Prezident.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston – Koreya biznes forumi: yangi investitsiyaviy loyihalar ishga tushirilmoqda

Toshkentda Kimyo texnologiyalari markazi ishga tushirildi, Jizzax, Farg‘ona va Namanganda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi.

custom img

O‘zbekiston va Koreya biznesi: sanoat-texnologik alyans tuzish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri 300 nafardan ortiq davlat va biznes vakillarini jamlagan qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va transport infratuzilmasi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"