Sport

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

 

16-sentabr kuni Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-tur bahslari o‘tkazildi. Musobaqada O‘zbekiston mezbon davlat sifatida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi turnirlarda uchta jamoa bilan ishtirok etmoqda.

 

Birinchi turda O‘zbekistonning erkaklar o‘rtasidagi asosiy jamoasi Yamaykani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov, keyingi taxtalarda Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov raqiblarini mag‘lub etdi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Javohir Sindarov esa dastlabki turda dam oldi.

 

O‘zbekiston-2 jamoasi Afg‘onistonni 3:1, O‘zbekiston-3 esa Malini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi.

 

O‘zbekistonning asosiy ayollar terma jamoasi Trinidad va Tobagoni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi taxtada Gulruhbegim Tohirjonova, keyingi taxtalarda Nilufarxon Imomquziyeva, Guldona Karimova va Umida Omonova raqiblaridan ustun keldi.

 

O‘zbekiston-2 ayollar jamoasi Togo ustidan 3:1, O‘zbekiston-3 esa Tanzaniya ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Shu tariqa, O‘zbekistonning musobaqada qatnashayotgan barcha 6 ta jamoasi birinchi turni g‘alaba bilan yakunladi.

 

Turnirda birinchi raqam ostida saralangan va asosiy favoritlardan biri hisoblangan AQSh terma jamoasi Iroqni 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi.

 

Amaldagi Olimpiada chempioni, ikkinchi raqam ostida saralangan Hindiston esa Tailand ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Musobaqaning 2-tur bahslari 17-sentabr kuni o‘tkaziladi.

 

46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi Samarqandda 27-sentabrga qadar davom etadi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"