Siyosat

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi do‘stona uchrashuv va muloqotlarga boy bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlat rahbari mintaqa mamlakatlari prezidentlari bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

 

Tashrif davomida Prezidentning Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Suhbatda O‘zbekiston–Koreya do‘stona munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida o‘tgan yillarda amalga oshirilgan ishlar va hamkorlik tajribasi yodga olindi.

 

Sammit arafasida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi Spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga dastxat yozib berdi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro hurmatni aks ettiruvchi qator tadbirlar ham tashkil etildi.

 

Jumladan, Janubiy Koreyadagi eng baland bino — Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida O‘zbekiston bayrog‘i namoyish etildi. Prezident tashrifi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ranglaridagi dirijabl ham parvoz qildi.

 

Shuningdek, Prezident qarorgohi oldidagi favvorada O‘zbekiston davlat gerbi va bayrog‘i tasvirlari aks ettirildi.

 

Mazkur tadbirlar Janubiy Koreya tomonining O‘zbekiston davlat rahbarining tashrifiga ko‘rsatgan e’tibori va mehmondo‘stligini namoyon etdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston – Koreya biznes forumi: yangi investitsiyaviy loyihalar ishga tushirilmoqda

Toshkentda Kimyo texnologiyalari markazi ishga tushirildi, Jizzax, Farg‘ona va Namanganda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"