Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi
Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va DFC o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari, xususan, transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirish va qo‘shma loyihalarni izchil rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.








