O'zbekiston

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: holat yuzasidan tergov boshlandi

Holatga aloqadorlikda gumon qilingan shaxs protsessual harakatlardan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: holat yuzasidan tergov boshlandi

Jizzax shahrida 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani holati aniqlangan. 

 

2-oktyabr kuni jabrlanuvchi bolaning onasi arizasi asosida Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Zamon.uz' ga ma'lum qildi.

 

2026-yil 3-oktyabr kuni sud ajrimiga asosan ayblanuvchi R .A. ga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

 

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ayblanuvchi R.A.ning jasadi 4-oktyabr kuni o‘zi yashagan xonadonda osilgan holatda topilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Shuningdek, voyaga yetmagan bolaga nisbatan sodir etilgan jinoyat bilan bog‘liq ushbu holatda jabrlanuvchining shaxsini himoya qilish maqsadida uning shaxsiga oid ma’lumotlar, voqea tafsilotlari hamda bolani identifikatsiya qilish imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda voyaga yetmagan bola xavfsiz joyda bo‘lib, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

5-oktyabr kuni Jizzax shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan unga keys ochilib, u birlamchi baholashdan o‘tkazilgan va psixologik xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan.

 

Holat yuzasidan tayinlangan ekspertiza natijalari ham kutilmoqda. Ekspertiza xulosasi olingach, uning natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha choralar belgilanadi.

Uchrashuvga kelgan yigit kaltaklandi: ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uchrashuvga kelgan yigit kaltaklandi: ikki kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda ota qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan 17 yoshli bolani mashinada majburan olib ketib, kaltakladi.

4,25 mln dollarlik kelishuv: bank xodimi 100 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

4,25 mln dollarlik kelishuv: bank xodimi 100 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

U 16,05 gektar yer va hokimlik zaxirasidagi 4 gektar maydonni rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkentda haydovchi avtobusni eshiklari ochiq holda boshqardi.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.