Jahon

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST



Dunyoning turli mamlakatlarida har yili minglab gumon qilingan o‘lat holatlari qayd etiladi. Bu haqda JSSTning epidemiya va pandemiyaga tayyorgarlik va oldini olish bo‘yicha direktori Mariya Van Kerxove maʼlum qildi.


U Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda tashkilotga dunyo mamlakatlaridan har yili minglab gumon qilingan o‘lat holatlari haqida xabar kelib tushishini aytgan.


Van Kerxovening so‘zlariga ko‘ra, 2019–2025-yillarda 10 ta mamlakat JSSTga odamlarda o‘lat kasalligining qariyb 4 mingta gumon qilingan holati va 423 ta o‘lim qayd etilgani haqida maʼlumot bergan.


Qayd etilishicha, mazkur statistikaga o‘latning bubonik va pnevmonik shakllari ham kiradi.


JSST vakili o‘lat bakteriyalar tufayli yuzaga kelishini va kasallikni antibiotiklar yordamida davolash mumkinligini taʼkidladi.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

1983-yilgi rekord takrorlanishi mumkin: suv toshqini xavfi e’lon qilindi

San-Fransiskoda suv sathi 262 santimetrgacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Qandolat fabrikasida yong‘in chiqdi: 24 kishi halok bo'ldi

Hodisa vaqtida korxonada qariyb 300 ishchi bo‘lgan.

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

1991-yildan beri Tunisda qolib ketgan: Saddam Husaynning samolyoti sotuvga chiqarildi

Hukumat Boeing 747 samolyotini ham o‘z ichiga olgan ikkita laynerni har birini 900 ming dollardan sotuvga qo‘ydi.

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.