O'zbekiston

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryoning qurib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Suv xo‘jaligi vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, daryodagi gidrologik vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Amudaryo Tojikiston va Afg‘oniston hududlaridagi tog‘lardan boshlanuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kofarnihon daryosi ham Amudaryoning yirik irmoqlaridan biri hisoblanadi.

 

Amudaryo havzasining yuqori qismida, Tojikiston hududidagi Vaxsh daryosida Norak suv ombori joylashgan. 2026-yil 9-oktyabr holatiga ko‘ra, suv omboriga sekundiga 408 kub metr suv kelib tushmoqda, undan chiqarilayotgan suv miqdori esa sekundiga 320 kub metrni tashkil etmoqda. Suv omboridagi jami suv hajmi 10 milliard 540 million kub metrga teng.

 

Amudaryoning O‘zbekiston hududiga kirib keladigan qismidagi suv sathi Termiz gidropostida kuzatiladi. 9-oktyabr kuni ushbu gidropostda suv sathi 239 santimetrni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 santimetr yuqori.

 

Shu bilan birga, Kerki gidropostida suv sarfi sekundiga 499 kub metrni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan sekundiga 63 kub metrga kam.

 

Vazirlik qayd etishicha, keltirilgan gidrologik ko‘rsatkichlar Amudaryoda suv oqimi saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, sentyabr–oktyabr oylarida daryolarda suv sarfi va sathining pasayishi mavsumiy gidrologik jarayon hisoblanadi. Vegetatsiya mavsumi yakunlanishi munosabati bilan suv omborlarida kelgusi mavsum ehtiyojlari uchun suv zaxiralari to‘planmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Shuningdek, yana ikki xodim ishdan bo'shatilib, uch nafariga hayfsan berilgan.

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

Yigit muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.