O'zbekiston

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Shuningdek, yana ikki xodim ishdan bo'shatilib, uch nafariga hayfsan berilgan.

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan bo‘shatildi. Holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat o‘rganishi natijasida yana ikki rahbar va psixolog lavozimidan ozod etilgan, uch nafar xodimga hayfsan berilgan. Bu haqda Kasbiy ta’lim agentligi ma’lum qildi.

Sud hujjatiga ko‘ra, ishlab chiqarish ta’limi ustasi K.E. o‘ziga biriktirilgan guruhda tahsil olayotgan qizni o‘qituvchidan ruxsat olib darsdan chiqargan va kafedra xonasiga olib kirgan. U yerda o‘quvchiga nisbatan shahvoniy tusdagi harakatlarni sodir etgan. Qiz qarshilik ko‘rsatib, xonadan chiqib ketgan.

Shu kuni darslar tugagach, xodim boshqa raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini boshqa ism bilan tanishtirgan va o‘quvchini sport zaliga chaqirgan. Qiz u yerga borganida unga yana shilqimlik qilgan.

30-sentabr kuni o‘quvchining otasi holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shundan so‘ng Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh texnikumda xizmat o‘rganishini o‘tkazgan. Unda voqea sabablari hamda mas’ul xodimlarning xizmat vazifalarini qay darajada bajargani tekshirilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari I.CH. va psixolog Y.K. lavozimidan ozod etilgan. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.T., ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.U. hamda fizika fani o‘qituvchisi G.T.ga hayfsan berilgan. O‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan ishlab chiqarish ta’limi ustasi K.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa bir tomonlama bekor qilingan.

Agentlik mazkur qarorlar qonunchilik talablari va ta’lim tizimida xavfsiz, hurmatga asoslangan muhitni ta’minlashga qaratilgan ichki buyruq asosida qabul qilinganini bildirgan.

Kasbiy ta’lim agentligi o‘quvchilarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligiga tajovuz qiluvchi har qanday xatti-harakatni qat’iy qoralashini ma’lum qilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish, o‘quvchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va har bir holatga xolis munosabat bildirish bo‘yicha mas’ul rahbar hamda xodimlarning javobgarligini kuchaytirish rejalashtirilgan.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

Yigit muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarish, Erkinjon Turdimov Bosh vazir birinchi o‘rinbosari hamda ta’lim va fan vaziri bo‘ldi, ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.