Siyosat

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

Bokudagi sammitda O'zbekiston Prezidenti Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish takliflarini bildirdi.

Osiyoda ishonch, texnologiya va iqlim: Shavkat Mirziyoyev uchta tashabbusni taklif qildi

 

Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sammitida ishtirok etdi. Davlat rahbari o‘z nutqida Osiyoda davlatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, texnologik hamkorlikni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishlariga qarshi birgalikda harakat qilish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Sammitda turli mamlakatlar rahbarlari, hukumatlar va tashqi ishlar idoralari vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etdi.

 

Shavkat Mirziyoyev dunyodagi chuqur geosiyosiy o‘zgarishlar davlatlardan yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilishni talab etayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Osiyoning turli hududlaridagi qurolli mojarolar nafaqat bevosita mojaro ishtirokchilariga, balki boshqa mintaqalar xavfsizligi, global iqtisodiyot va millionlab insonlar hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Prezident har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq hamda barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hal etilishi lozimligini bildirdi.

 

Davlat rahbari Osiyoda barqaror munosabatlar tizimini shakllantirishda OHIChK muhim o‘rin tutishini qayd etib, Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu hujjatda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda aniq chora-tadbirlarini belgilash nazarda tutiladi.

 

Prezident transport va energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar, savdo va raqamli aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish ishonchni mustahkamlashning muhim omillari ekanini ta’kidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev texnologik taraqqiyot va iqlim o‘zgarishlari davlatlar oldiga yangi vazifalarni qo‘yayotganiga ham e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt katta imkoniyatlar yaratish bilan birga jiddiy xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda.

 

Shu munosabat bilan Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi. Uni amalga oshirish doirasida OHIChK huzurida ekspertlar maydonini tashkil etish taklif qilindi. Ushbu maydonda mutaxassislar umumiy tavsiyalar ishlab chiqishi va amaliy choralarni kelishib olishi mumkin bo‘ladi.

 

Shuningdek, OHIChKga a’zo davlatlarning iqlim o‘zgarishlariga moslashish borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida iqlim barqarorligi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

 

O‘zbekiston OHIChKning inson mezoni bo‘yicha koordinatori ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan mamlakat kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forum o‘tkazishga tayyorligi bildirildi. Shuningdek, Kengashning 2028-yilgacha mo‘ljallangan Harakatlar dasturini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishi munosabati bilan davlat rahbari tashkilotning kelgusi yili Toshkentda o‘tkaziladigan yigirmanchi sammitiga ishtirokchilarni taklif qildi.

 

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, OHIChKning tashkiliy asoslarini mustahkamlash va uning nizomini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U Kengash bosh kotibi lavozimiga Ozarbayjon tomonidan ilgari surilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilib, Ozarbayjonning tashkilotga raislikni 2028-yilgacha davom ettirish niyatini olqishladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Tashrif davomida o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

Marko Rubio 17–22-oktyabr kunlari Samarqand, Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.