Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Prezident administratsiyasi rahbari ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurib, yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati yo‘nalishidagi ilg‘or loyihalar bilan tanishdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday yutuqlar ortida ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar turibdi.
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ushbu sohadagi tajribasi O‘zbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Shuningdek, u ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va texnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.








