Siyosat

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Tashrif davomida o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Turkiyaning ta’lim tajribasi bilan tanishdi

 

Saida Mirziyoyeva Istanbul shahriga tashrifi davomida Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordi.

 

Tashrif davomida mazkur ta’lim muassasalarining o‘qitish uslublari va ta’lim jarayoniga yondashuvlari bilan tanishildi. Saida Mirziyoyeva ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliyotlarga alohida qiziqish bildirdi.

 

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldi.

 

Ta’lim sohasi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur sohadagi hamkorlik yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

Marko Rubio 17–22-oktyabr kunlari Samarqand, Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.