O'zbekiston

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Matbuot xizmati hamda «Mahalla media» MChJ hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani va media-tur tashkil etildi.

 

Tadbirda giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, to‘y-marosimlarni ixcham va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazish, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Matbuot anjumanida soha mutaxassislari va ekspertlar giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy munosabatlar va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri xususida fikr yuritdilar. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

 

Qayd etilganidek, giyohvandlikka qarshi kurashishda faqat uning oqibatlarini bartaraf etish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu illatni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun oilalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, ota-onalar mas’uliyatini oshirish, yoshlarning muammo va intilishlariga e’tibor qaratish, ularni ta’lim, kasb-hunar va foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish lozimligi bildirildi.

 

Anjumanda to‘ylar, ma’rakalar va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz, milliy qadriyatlarimizga mos ravishda tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Ta’kidlanganidek, to‘y-marosimlarni ixcham va mazmunli o‘tkazish nafaqat ortiqcha xarajatlarning oldini oladi, balki oilalarni qarzdorlik va moliyaviy qiyinchiliklardan asrashga ham xizmat qiladi. Zero, to‘yning qadri uning dabdabasi bilan emas, balki ezgu niyat, samimiyat va ahillik bilan belgilanadi.

 

Bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar ongida tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, ortiqcha sarf-xarajatlarga undaydigan ijtimoiy bosimni kamaytirish, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilikning targ‘ibot ishlaridagi ishtirokini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.