Madaniyat

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi, mintaqaning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar BMT kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT qarorgohida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini taqdim etdi

 

2026-yil 22-oktyabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Jenevadagi BMT bo‘linmasida Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosi, shuningdek, uni o‘rganish, saqlash va keng targ‘ib etishga qaratilgan zamonaviy loyihalarni taqdim etdi. Millatlar saroyida «Sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar» ko‘rgazmasi va xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

«Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi hamda ma’rifat ufqlari» mavzusidagi konferensiyada Buxoro, Samarqand va Termizning ilmiy an’analari jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissa, shuningdek, ushbu merosning zamonaviy jamiyat uchun ahamiyati muhokama qilindi.

 

Tadbir 7-oktyabr kuni Parijdagi YUNESKO qarorgohida boshlangan xalqaro muloqotning davomi bo‘ldi. Har ikki uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosini chuqur o‘rganish hamda jahon jamoatchiligiga keng tanitish tashabbusi doirasida tashkil etildi.

 

Dastur «Sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar» ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Unda kitoblar, ilmiy va tasviriy nashrlar, miniatyuralar, shuningdek, Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari hayoti va kashfiyotlariga oid materiallar namoyish etildi. Ekspozitsiya mintaqaning ilmiy va badiiy an’analari boyligi hamda avlodlar o‘rtasidagi bilimlar davomiyligini aks ettirdi.

 

Tadbirda BMTning Jenevadagi bo‘linmasi bosh direktori Tatyana Valovaya va O‘zbekistonning BMTning Jenevadagi bo‘linmasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.

 

Tatyana Valovaya konferensiyaning sivilizatsiyalar muloqoti va o‘zaro ishonchni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlab, Islom sivilizatsiyasi markazining ma’rifiy missiyasi hamda BMTning Jenevadagi bo‘linmasi kutubxonasi bilan hamkorlik istiqbollariga yuqori baho berdi. U O‘zbekistondagi markazda boy tarixiy meros zamonaviy texnologiyalar yordamida taqdim etilishini alohida qayd etdi. Shuningdek, tomonlar kutubxonalar o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishib olganini bildirdi.

 

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Saidov ham so‘zga chiqdi.

 

Asosiy ma’ruza bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha jahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ishtirok etdi. U muzey faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari va ma’rifiy yo‘nalishlarni birlashtirgan markazning xalqaro missiyasi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

 

Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston rahbari tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan tashabbus amaliy natijalarda o‘z ifodasini topmoqda. Parijdagi YUNESKO qarorgohidan so‘ng buyuk ajdodlar merosi Jenevadagi Millatlar saroyida ham taqdim etilib, xalqaro hamjamiyatda qiziqish uyg‘otdi.

 

Shuningdek, markaz direktori BMTning Jenevadagi bo‘linmasi rahbariyati bilan BMT kutubxonasi va arxivlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixiga oid ilgari noma’lum bo‘lgan materiallarni o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

 

Konferensiyada Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosining Buxoro, Termiz va Samarqand ilmiy an’analari bilan bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratildi. Muhokamalarda ilmiy bilimlarning ishonchliligi, ularni keyingi avlodlarga yetkazish mas’uliyati, e’tiqod va aql o‘rtasidagi munosabat masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Jeneva diplomatik doirasi prezidenti Robert Blyum Samarqandning turli madaniyatlar va dinlar uchrashgan tarixiy maskan sifatidagi o‘rniga to‘xtaldi. Uning fikricha, insonlar Yaratganni turlicha nomlashlari mumkin, biroq bu bir-birini tushunish va o‘zaro muloqot qilishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

 

Berlindagi Cultur-Cooperation International tashkiloti direktori, WOSCU a’zosi Ketlin Gyobel ham maxsus ma’ruza bilan qatnashdi. U bugungi dunyoda tinchlikni mustahkamlash davlatlar, jamoat institutlari va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab etishini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari tashabbusini tinchlik va hamjihatlik sari qo‘yilgan amaliy qadam sifatida baholadi.

 

BMT bilan aloqalar bo‘yicha Latter-day Saint Charities tashkiloti vakili Kreyg Teylor Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosining zamonaviy jamiyat uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi. U Imom Moturidiy va Beruniy merosini o‘rganish davomida ularning g‘oyalari bugun ham dolzarb ekaniga e’tibor qaratdi. Shuningdek, diniy mansublikdan qat’i nazar, tinchlikni mustahkamlash va xilma-xillikka boy jamiyatda o‘zaro hurmatni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

 

Konferensiyaning ilmiy qismini uning moderatori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov ochib berdi. U Markaziy Osiyo olimlarining kashfiyotlari, ularning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi va Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro missiyasi haqida so‘z yuritdi.

 

Ma’rifat va bag‘rikenglik mavzusini O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Mahsudov davom ettirdi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhamedov o‘z ma’ruzasida mutafakkir merosida aql, mo‘tadillik va axloqiy mas’uliyatning ahamiyatini ochib berdi.

 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev esa Imom Buxoriy va Imom Termiziy ilmiy merosida manbalar ishonchliligini tekshirish usullariga to‘xtaldi.

 

Dastur doirasida O‘zbekiston va islom sivilizatsiyasi merosi, yangi avlod muzeyi sifatidagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosiga bag‘ishlangan uchta qisqa metrajli film namoyish etildi. Filmlarda mintaqaning tarixiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar aks ettirildi.

 

Ko‘rgazmada taqdim etilgan barcha kitoblar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan BMTning Jenevadagi bo‘linmasi kutubxonasiga sovg‘a qilindi. Bu ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

 

Konferensiya ilmiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi qo‘shma loyihalar istiqbollarini muhokama qilish bilan yakunlandi. Rasmiy dasturdan so‘ng Millatlar saroyida o‘zbek milliy taomlari taqdim etilgan milliy qabul marosimi tashkil etildi. Unda diplomatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va madaniyat namoyandalari o‘rtasidagi muloqot davom etdi.

 

Tadbir O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning BMTning Jenevadagi bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF), O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda WOSCU tomonidan tashkil etildi.

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar merosi: Fransiyada xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Unda Sohibqiron va Temuriylar merosi, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi UNESCOda Movarounnahr allomalari merosini taqdim etdi

Unda 300 dan ortiq olim, diplomat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston nafasi: “Madaniyat kunlari” yuqori notada o‘tdi

Rossiyada uchinchi bor “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tashkil etilib, tadbirlar davomida yurtdoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy hamkorlik muzokaralari va o‘zbek san’ati namoyishlari o‘tkazildi.

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.